Ekspertlar: 2019-yilda neftning bir barreli 100 dollarga chiqadi
Neftning narxi 2019-yili rekord darajada o‘sib, barreli 100 dollarga yetishi mumkin. Bu haqda «Bank of America» tahlilchilari hisob-kitoblari va «Bloomberg» ma’lumotlari asosida «Actualnews.org» xabar berdi.
Jahon «qora oltin» zaxiralari shiddat bilan ozayib boryapti, Eron va Venesueladan neft yetkazilishi uzilish xavfi ostida, shuning uchun ham neft narxi to bir barreli 90 dollarga yetmagunicha muntazam o‘sishni boshlaydi. Agarda Tehronga sanksiyalar qo‘llansa, OPEK esa neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha shartnomasini qayta ko‘rib chiqmasa, bu ko‘rsatkich 100 dollarlik dovondan oshadi.
O‘z navbatida, birja gigantlaridan biri — «Goldman Sachs Group Inc» kelgusi yili bir bochka neft 82,5 dollardan qimmatlashmasligini bildirgan.
Ekspertlar uzoq muddatli prognozlar tuzish bilan band, neft narxi esa oxirgi to‘rt yilda 77,7 dollarga chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter