Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ekologlarga bo‘layotgan bosim»ni Bosh prokuratura o‘rganishni boshladi

«Ekologlarga bo‘layotgan bosim»ni Bosh prokuratura o‘rganishni boshladi

Bir muddat oldin Toshkent shahrining ayrim tumanlari ekolog xodimlari «Yashil makon» elektron platformasida amalda ekilmagan daraxtlarni «ekdi» qabilida tasdiqlash borasida tuman hokimliklari, IIB va prokuratura xodimlari tomonidan bosimga uchrayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Bosh prokuratura mazkur holatga e’tibor qaratib, holat bo‘yicha tekshirish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda «davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan mansab vakolatlari suiiste’mol qilingan holda ekologiya vazirligining Yakkasaroy, Shayxontohur va Uchtepa tumanlari xodimlariga nisbatan ko‘chatlar ekilganligi to‘g‘risidagi asossiz ma’lumotlarni maxsus elektron platformaga kiritish borasida tazyiq o‘tkazilganligi haqidagi xabar asosida tekshirish» boshlangan.

Ta’kidlanishicha, tekshirish davomida xabardagi har bir holat o‘rganilib, unda e’tirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring