Ekologiya vazirligi ogohlantiradi – ov muddati yakunlandi, noqonuniy ov jazolanadi
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq 28 fevraldan ov qilish muddati yakunlandi. Taqiq 15 avgustgacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, ov mavsumi davrida noqonuniy ov bilan bog‘liq bo‘lgan 1000 dan ortiq holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan qariyb 3 milliard so‘mga yaqin jarima va boshqa to‘lovlar qo‘llanildi. Shuningdek, ulardan 837 ta hayvon va parranda, 2836 kg baliq, 160 dan ortiq noqonuniy ov qurollari olib qo‘yilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi fuqarolardan cheklov vaqtida tabiatni muhofaza qilish qonunchilik talabalariga rioya etishni, shu bilan birga, qush ovi bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarni ov muddati yakunlanganidan so‘ng 10 kun muddatda O‘zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va uning bo‘linmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlarini so‘raydi.
Muhim!
Noqonuniy ov bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlariga duch kelsangiz, Ekologiya vazirligining 11-57, 12-07 ishonch raqamlariga yoki vazirlikning hududiy boshqarmalarga murojaat qiling.
Unutmang!
Noqonuniy ov uchun qat’iy javobgarlik belgilangan bo‘lib, bu borada yuzaga keladigan har bir holat bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter