Ekologik partiyaga rais saylandi
![Ekologik partiyaga rais saylandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2094386699.jpg)
Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisligiga Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich nomzodi ko‘rib chiqilib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.
Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
A.Xamzayev 1973-yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2013-yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi agronom olim. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Uzoq yillar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug‘ullunib, ilmiy-pedagogik, rahbarlik tajribasiga ega.
2022-yil iyun oyidan buyon O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
17 ta qishloq xo‘jalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter