Evropa Ittifoqi milliarder Alisher Usmonovga sanksiya qo‘llashi mumkin
Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarderlar — Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Pyotr Aven, shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi.
Agentlik qo‘lga kiritgan hujjatlarga ko‘ra, Yevropa davlatlari tomonidan hali tasdiqlanmagan, o‘zgarishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga AQShning sanksiyalari ta’sir qilmagan milliarderlar guruhi kiradi: Alisher Usmonov, Mixail Fridman va Pyotr Aven. Bundan tashqari, «Severstal»ning asosiy egasi Aleksey Mordashov ham sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan shaxslar ro‘yxatida Dmitriy Peskov ham bor.
O‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qarshi sanksiyalar kiritgandi. Shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, prezidentning atrof-muhit masalalari bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevga ham sanksiyalar joriy etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter