Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling! Xakerlar endi «AliExpress» mijozlarini ham chuv tushirmoqda

Ehtiyot bo‘ling! Xakerlar endi «AliExpress» mijozlarini ham chuv tushirmoqda

Foto: «Dni24»

«Group-IB» kompaniyasi ekspertlari yangi android-troyanni aniqlashdi. «FANTA» nomini olgan ushbu zararli dasturdan shu paytgacha Rossiya va MDH mamlakatlaridagi 70 dan ortiq banklar, to‘lov tizimlari, web-hamyonlar mijozlari jabr ko‘rgan. 2019 yil boshidan beri kamida 35 million rubllik zarar yetkazilgani aytilmoqda.

«Avito», «AliExpress», «Yula», «Aviasales», «Booking», «Trivago» saytlari, taksi, hatto karshering servislari mijozlari xakerlar nishoniga aylangan.

«FANTA» qurilmada qaysi ilovalar ishga tushirilayotganini zimdan kuzatib turadi. Maqsadli ilova ochilganida esa troyan hamma oynalar tepasiga bank kartasi ma’lumotlari kiritiluvchi forma ko‘rinishidagi fishing oynasini chiqaradi. Foydalanuvchidan karta raqami, uning muhlati, CVV, karta egasining ism-familiyasi kiritilishi so‘raladi», — kiberhujumni «Group-IB» ekspertlari shunday ta’riflashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring