Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling! «TikTok»da xavfli chellenj paydo bo‘ldi

Ehtiyot bo‘ling! «TikTok»da xavfli chellenj paydo bo‘ldi

Foto: «Fabs2fab4u»

«TikTok» ijtimoiy tarmog‘ida inson salomatligini xavf ostiga qo‘yuvchi chellenj o‘tkazilayotgani haqida «Izvestiya» xabar bermoqda.

Britan tabloidi «The Sun» yozishicha, foydalanuvchilarining xatti-harakatlari shifokorlarni tashvishga solmoqda.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqda insondagi xollarni uy sharoitida yo‘q qilish bo‘yicha tavsiyalar berilyapti.

Shifokorlarga ko‘ra, xollardan uy sharoitida qutulishga urinish kuchli qon ketishiga, organizmga infeksiya tushishiga va hokazo salomatlik uchun xavfli holatlarga olib keladi. Aslo bunday qila ko‘rmang! Chunki malakali mutaxassislar ko‘magisiz buning iloji yo‘q. Albatta shifokor maslahati va ko‘magi kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring