Ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy berish tizimi takomillashtiriladi – loyiha

Prezidentning tegishli farmoni loyihasi bilan tasbiqdalanadigan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy-joy berish tizimini takomillashtirishga doir vazifa belgilab olingan.
Unga ko‘ra, uy-joyga muhtoj shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi.
Jumladan:
- ijtimoiy uyda yashayotgan har bir oilani mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan kompleks baholash;
- faqat mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lmagan hamda “kambag‘al oilalar reyestri”da turgan oilalarga ijaraga ijtimoiy uy-joy berish;
- kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zosi ishlash sharti bilan uyni ijara olish xarajatlarini qoplab berish;
- kambag‘allikdan chiqqan oilalarning ipotekasiga maxsus subsidiya shartlarini qo‘llash;
- ko‘p qavatli uy-joylarining bir qismini ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkazish.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari esa ishlab chiqilgan takliflarni 2026-yil aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritishlari kerak bo‘ladi.
Qayd etilishicha, mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish orqali ehtiyojmand aholining yashash sharoitlari yaxshilanadi hamda ularning ijtimoiylashuvi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter