Efiopiya samolyotiga kechikkan yagona yo‘lovchi omon qoldi
Efiopiyada «Boeing 737» samolyoti halokatga uchrab, bortidagi barcha insonlar halok bo‘lgani haqida xabar bergandik. Afinalik sayyoh Antonis Mavropoulos ham ularning orasida bo‘lishi mumkin edi, agar yukini topshirishga ulgurganida, agar ikki daqiqaga kechikmaganida...
Qayg‘uli «Ethiopian Airlines» reysining yagona omon qolgan yo‘lovchisi bu haqda «Greek Reporter»ga so‘zlab bergan.
«Odamlar samolyotga chiqishayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turardim. Meni esa chiqarishmaganiga juda jahlim chiqqandi», — dedi Mavropoulos.
Fojiadan so‘ng uni politsiya so‘roqqa chaqirgan: birgina uning samolyotga chiqmagani shubha uyg‘otgandi. Biroq yuklari o‘zidaligini ko‘rib, qo‘yib yuborishgan.
«Ethiopian Airlines»ga qarashli «Boeing 737» layneri Addis-Abeba (Efiopiya) aeroportidan parvoz qilganidan so‘ng oradan olti daqiqa o‘tib, 60 kilometr uzoqlikda qulab tushgan. Samolyot Nayrobi (Keniya)ga uchayotgandi. Uning bortida barcha insonlar — 157 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter