YeChLda «Real» darvozasiga gol urgan futbolchi «Navbahor»ga o‘tdi
25 yoshli hujumchi Superliga 1-davrasidan so‘ng peshqadam bo‘lib turgan «Navbahor» bilan bitim imzoladi.
Jasur Yaxshiboyev Polshaning «Legiya» klubi bilan shartnomasini bekor qilib, namanganliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Hujumchi o‘z faoliyati davomida «Paxtakor», OKMK, Belarusning «Energetik-BGU» va «Shaxtyor», Moldovaning «Sherif» jamoalarida ham o‘ynagan.
«Sherif» tarkibida o‘tgan mavsumda YeChLda «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter