Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL 1/4 finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

YChL 1/4 finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlari yakunlandi.

Italiyaning «Yuventus» klubi o‘z maydonida Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasiga kutilmaganda yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Bu mag‘lubiyat italiyaliklarni turnir bilan erta xayrlashishga majbur qildi.

Yuventus — Vilyarreal 0:3

Gollar: X.Moreno (78, penalti), Torres (85), Danjuma (90+2, penalti).

Yuventus – Shchensni, Danilo, Rugani (Dibala, 79), de Ligt, De Shilo, Kuadrado, Rabo, Lokatelli (Bernardeski, 83), Artur, Morata (Ken, 86), Vlahovich.

Vilyarreal – Ruli, Ore, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Pino (Chukvueze, 65), Trigeros (Koklen, 64), Kapu, Parexo (Pedrasa, 86), Lo Chelso (Xerar Moreno, 74), Danjuma.

Ogohlantirish: de Ligt (90).

Birinchi o‘yin — 1:1.

Yana bir uchrashuvda «Chelsi» safarda «Lill»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Lill — Chelsi 1:2

Gollar: Yilmaz (38, penalti) — Pulishich (45+3), Aspilikueta (71).

Lill – Leo Jardim, Chelik (Vea, 58), Fonte, Botman (Onana, 58), Jalo, Gudmundsson (Bradarich, 78), Andre, Sheka, Bamba (Gomes, 78), Yilmaz, Devid (Bin Arfa, 77).

Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Chaloba, 33), Alonso, Kovachich (Maunt, 46), Jorjino (Loftus-Chik, 74), Kante, Pulishich (Lukaku, 74), Haverts (Ziyosh, 83).

Ogohlantirishlar: Chaloba (34), Gudmundsson (42).

Birinchi o‘yin — 0:2.

Shu tariqa YeChL chorakfinaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi — «Bavariya» (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Liverpul» (Angliya), «Real» (Ispaniya), «Atletiko» (Ispaniya), «Benfika» (Portugaliya), «Chelsi» (Angliya) va «Vilyarreal» (Ispaniya).

Chorakfinal bosqichiga qur’a 18 mart kuni tashlanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring