Echkiemarga nos chektirgan shaxsga jazo berildi

Echkiemarga nos chektirgan fuqaro jazolandi.
Buxoro viloyati Jondor tumanida 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro Sarvar Hamidov (ism,familiya o‘zgartirilgan) “Qizil kitobi”ga kiritilgan bo‘z echkiemarning og‘ziga nosvoy solib, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib o‘ldirganligi aniqlanib unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sud zalida, huquqbuzar S.Hamidov cho‘l massivida joylashgan dala shiyponiga o‘zining qo‘ylarini qamash uchun kelganligini, u yerda echkiemarni ko‘rib qolganligini, uni boshiga tayoq bilan urib qo‘liga ushlab olganligini, keyin uning og‘ziga majburlab nosvoy solganligini, echkiemar 10-15 daqiqa xushsiz holatda qolib keyinchalik yurib ketganligini aytgan.
Shundan so‘ng echkiemarni olib ko‘l qirg‘og‘iga otib yuborganligini, bu holatlarni o‘zining shaxsiy telefoniga videoga olib, instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilganligini, echkiemarni o‘ldirmaganligini, lekin unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligini tan olishini, aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini inobatga olib qonuniy yengillik berilishini so‘rab ko‘rsatma berdi.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari ya’ni 1.500.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter