DXX «zakladchik»larni do‘pposlagan 20 nafar shaxsni qo‘lga oldi (video)
DXX telegram kanallari orqali narkosavdo bilan shug‘ullangan 20 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Jumladan, Yunusobodda yashovchi fuqaroni ovloq joyda do‘pposlagan 3 nafar shaxs DXX tomonidan ushlangan.
Aniqlanishicha, bezorilik sodir etgan shaxslar va jabr ko‘rgan fuqaro ham aslida Telegram messenjerida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal a’zosi bo‘lishgan.
Ya’ni, jabrlangan fuqaro kanal administratori topshirig‘iga ko‘ra, muqaddam belgilangan joyga yashirib ketilgan narkotikni xaridorlarga yetkazib berish o‘rniga uni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olgan.
Hozirga qadar bu kabi egasini aldab, narkotiklarni o‘zlashtirib olgan ko‘plab «zakladchik»lar jazolash bilan shug‘ullanuvchi 17 nafar shaxs tomonidan ayovsiz kaltaklangan va bu jarayon tasvirga olinib, topshiriq bajarilgani hisoboti tariqasida kanalga joylashtirilgan. Kanal administratori har bir topshiriq uchun ularga 300-500 AQSh dollari miqdorida pul bergan.
2022-yilning oktyabr, noyabr hamda 2023-yilning yanvar, fevral oylarida yuqoridagi kabi jinoyatlarni sodir etgan jami 20 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter