Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX yo‘l qurilishida 1 mlrd o‘zlashtirilganini aniqladi

DXX yo‘l qurilishida 1 mlrd o‘zlashtirilganini aniqladi

Foto: «Xabar.uz»

DXX tomonidan «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasining sobiq mansabdor shaxslari 2018-2021 yillarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari, ishchi xodimlarning ish haqlari va rag‘batlantirish pullari – jami 1 mlrd 6 mln so‘mni talon-toroj qilingani aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi hamda unitar korxonaning sobiq rahbari «X.O.», sobiq bosh hisobchisi «S.Sh.», sobiq hisobchisi «X.S.», sobiq bo‘lim boshlig‘i «M.Sh.» va yana 10 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, sud idoralariga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayhunobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, aybdorlarga ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa jazo turlari tayinlandi.

Talon-toroj qilingan budjet mablag‘larining 767 mln so‘m qismi undirilib, qolgan 239 mln so‘m pul mablag‘i majburiy tartibda undirish uchun MIBga yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring