Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX ushlagan 14 nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi

DXX ushlagan 14 nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar o‘z profillari orqali «Birodarlarimiz ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishsin», «Mujohidlarning xatoliklari», «Suriyada jihod qilyapmiz», deb nomlangan jihodga da’vat etuvchi, mavjud tuzumni o‘zgartirish yo‘lida kurashishga chorlovchi chaqiriqlar aks etgan audio va video materiallar tarqatilayotganini DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari aniqladi.

Profillar orqali «Birodarlar» (jihodda yurgan muhojirlar nazarda tutilgan)ga yordam berish, qurol-yarog‘ olishiga ko‘maklashishga da’vat etilgan.

Ovozli xabarlarda yig‘ilgan pullar kelajakda Abu Saloh, Sodiq Samarqandiy kabilar chiqishi uchun xizmat qilishi haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, ushbu audio va video materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda ular O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan materiallar sirasiga kiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi hukmiga ko‘ra, 13 nafar fuqaro 4 yilu 8 oydan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Bir nafar ayolga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring