Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Samarqandda tezkor tadbirlar o‘tkazdi

DXX Samarqandda tezkor tadbirlar o‘tkazdi

Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mahalliy qurilish firmalaridan biriga 2022-yilning dekabr oyiga qadar ko‘p qavatli uylar qurishi uchun Samarqand shahri hududidan ajratilgan 1 gektar yerning noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi.

Xususan, Samarqand shahrida yashovchi 4 nafar yakka tartibdagi tadbirkor o‘zganing ishonchiga kirib, ushbu yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga talab qilingan 430 ming AQSh dollaridan 250 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlandi.

Nurobod tumanida kuzatilgan holatda esa mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MChJ balansidagi lalmi yer maydonlaridan 10 gektarini xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga 250 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand tumanida yashovchi, 1992-y.t. fuqaro o‘zini go‘yoki Urgut tumanidagi mahalliy fermer xo‘jalik rahbari sifatida tanishtirib, xaridorga ushbu xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini 50 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida, shuningdek, Samarqand shahrida yashovchi, 1989-y.t. shaxs o‘zi ijara asosida foydalanayotgan Jomboy tumanidagi «Mirza-Pay» irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli 90 sotix yer maydonini 60 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring