Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX hududlarda giyohvandlikka qarshi qator tadbirlar o‘tkazdi. 5 nafar shaxs tergovga tortilgan

DXX hududlarda giyohvandlikka qarshi qator tadbirlar o‘tkazdi. 5 nafar shaxs tergovga tortilgan

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 1 kg 454 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. DXXning viloyat boshqarmasining aniqlashicha, «yuk» tojikistonlik narkotashuvchilar tomonidan olib kelingan.

Shuningdek, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1976 va 1996-yillarda tug‘ilgan ikki fuqaro tojikistonlik narkotashuvchilar tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilib, xufiyona joyga yashirib ketilgan 863 gr. «opiy» moddasini olib, doimiy yashash manzillariga qaytib ketayotgan vaqtlarida «Chinor» YPX maskanida qo‘lga olindi. Ma’lum bщlishicha, mazkur shaxslar avval ham giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganliklari uchun sudlanib, jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lgan.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro 274 gr. «gashish» moddasini Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxsga 35 mln. so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring