Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXM orqali ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilganini aniqlash mumkin

DXM orqali ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yilganini aniqlash mumkin

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda ko‘chmas mulk ob’yektlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’yektiga nisbatan qaysi vakolatli organ tomonidan, qanday asoslarga ko‘ra taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratildi.

Shu kunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida agar ularning ko‘chmas mulkiga nisbatan taqiq yoki xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, ular qaysi vakolatli organlar (notarius, majburiy ijro byurosi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va b.) tomonidan taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratilmagan edi. Natijada ularning turli idora va tashkilotlarga birma-bir yozma ariza bilan murojaat qilishlariga majbur bo‘lishardi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, taqiq yoki xatlovning mavjudligi ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilishga asos bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring