Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbeda Navoiy va Jomiy haykali ochildi

Dushanbeda Navoiy va Jomiy haykali ochildi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘iga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur park Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi ramzi sifatida bog‘ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan. 

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali o‘rnatildi. 27-sentyabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bog‘i va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Tojikistonda shunday bog‘ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada mamlakatimizda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Ma’lumki, joriy yil 7-mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida Navoiy va Jomiy haykali o‘rnatilgan edi. Yana bir e’tiborli jihati, bu park yonidagi ko‘cha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bog‘i boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring