Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durovni vaqtincha hibsda saqlash muddati 48 soatga uzaytirildi

Durovni vaqtincha hibsda saqlash muddati 48 soatga uzaytirildi

Foto: RIA Novosti

Pavel Durovni vaqtincha hibsda saqlash muddati 48 soatga uzaytirildi, deb xabar berdi AFP o‘z manbasiga asoslanib.

Fransiya sudi tegishli qarorni 25-avgust kuni kechqurun qabul qildi. So‘roq uchun hibsga olish muddati 96 soatdan oshmasligi kerak — bu vaqtdan keyin Durov yo ozod qilinadi yoki unga nisbatan ayblov e’lon qilinadi, deyiladi agentlik xabarida.

Demak, Durov 28-avgustgacha hibsda saqlanadi, muddat tugagach, unga ayblov e’lon qilinadi. Tadbirkorga yaqin manbalar ma’lumotiga ko‘ra, advokatlar garov evaziga qo‘yib yuborish yoki uy qamog‘iga jo‘natishni so‘rashlari mumkin. Fransuz matbuoti xabarlariga ko‘ra, Durov katta ehtimol bilan tergov davomida hibsda saqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring