Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durov ustidan sud bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin

Durov ustidan sud bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin

Fransiyada Durov ustidan sud nazorati bir necha yil davom etishi mumkinligi aytildi.

Fransiyalik jinoiy huquqshunos Deevid Libeskindning RIA "Novosti" agentligiga aytishicha, Fransiyada Telegram asoschisi ustidan sud nazorati butun tergov davomida davom etishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada jinoiy tergov ko‘pincha uch yoki to‘rt yil davom etadi - maksimal muddat yo‘q. Bunda sudya uni muntazam ravishda so‘roqqa chaqiradi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Durov nazoratni yumshatishni talab qilish huquqiga ega. 

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Fransiyada sud nazorati internet va telefondan foydalanishni cheklashni anglatmaydi, Durov faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Durov 24-avgust kuni ushlangandi. 28-avgust kuni sud uni garov evaziga hibsdan bo‘shatdi, Durov buning uchun 5 million yevro to‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring