Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durov nega «Telegram»ni sotmasligini ma’lum qildi

Durov nega «Telegram»ni sotmasligini ma’lum qildi

Foto: «iPhones.ru»

«Telegram» messenjeri asoschisi Pavel Durov o‘z kompaniyasini sotmaydi. U bu haqda 23 dekabr kuni o‘z telegram-kanalida yozdi.

«WhatsApp asoschilari kabi biz kompaniyamizni sotmoqchi emasmiz», — deyiladi xabarda.

Durov qo‘shimcha qilishicha, jahondagi foydalanuvchilar uchun «Telegram» mustaqil loyiha sifatida kerak. Ushbu messenjerda esa foydalanuvchilarning huquqlari hurmat qilinadi va yuqori sifatli servis ta’minlanadi.

«Telegram mukammallik va yaxlitlikka intilayotgan texnologik kompaniya namunasi bo‘lishi va shunday davom etishi shart. Bizdan oldingilarning alamli tajribasidan guvoh bo‘lyapmizki, yirik korporatsiya tarkibida bunday bo‘lishi imkonsiz», — ta’kidladi Durov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring