Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durdona 9-qavatdan kreslo uloqtirdi: holatga aniqlik kiritildi

Durdona 9-qavatdan kreslo uloqtirdi: holatga aniqlik kiritildi

Foto: «Ria-glas.ru»

Internet tarmog‘ida ayol kishi to‘qqizinchi qavatdan kreslo tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

9-sentyabr kuni soat 13:30 da muqaddam sudlangan 38 yoshli Durdona A. mast holda bo‘lib, biror sababsiz Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasidagi uyning 9-qavatidan kresloni uloqtirib yuborgan. Holatga aniqlik kiritish uchun voqea joyiga profilaktika inspektori yetib borgan. Profilaktik suhbat davomida ayol anchadan buyon eski mebelidan qutulmoqchi bo‘lganini, ammo pod’yezd orqali chiqarishga eringanini aytdi va bu ishidan afsusdaligini bildirdi. Holat tufayli hech kim jabrlanmadi.

Durdona A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yashnobod tumani sudiga yo‘naltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring