Dunyoning eng qimmat kompaniyasi o‘zgardi
«Microsoft» kompaniyasi bozor qiymati bo‘yicha «Apple»ni ortda qoldirdi va AQShning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda «BusinessToday» xabar berdi.
Ekspertlar «Microsoft»ni 753,3 mlrd. dollarga, «Apple»ni 746,8 mlrd. dollarga baholashdi.
Amerikaning eng qimmat kompaniyalari orasida «Amazon» (736,8 mlrd. dollar) uchinchi o‘rinda. «Alphabet» («Google») esa 725,5 mlrd. dollarga baholandi.
Eslatib o‘tamiz, «Apple» 2010-yili qimmatligi bo‘yicha «Microsoft»ni ortda qoldirgandi. 2018-yilning avgustida esa narxi 1 trln. dollardan yuqori turuvchi jahondagi ilk kompaniyaga aylandi.
«Apple»ning arzonlashishiga «iPhone» smartfonlari savdosi baroridan kelmayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter