Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy odamlari reytingida «Facebook» asoschisi pastga tushdi

Dunyoning eng boy odamlari reytingida «Facebook» asoschisi pastga tushdi

Foto: «Ru.viadvice.com»

«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari rahbari Ilon Mask «Bloomberg» agentligi tuzgan dunyoning eng boy odamlari reytingida «Facebook» asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirib uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

«Tesla» aksiyalari chorshanba kuni 10%ga qimmatlashishi natijasida Maskning boyligi 10,2 mlrd dollarga oshdi. Hozir uning mol-mulki 120 mlrd dollarga baholanmoqda. Buning oqibatida 103 mlrd dollarga ega Mark Sukerberg to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Beshinchi pog‘onadan 103 mlrd dollarlik boylikka ega Fransiyaning «LVMH» kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno egallagan.

49 yoshli Mask faqat AQShning ikki nafar biznesmenidan ortda qolmoqda. «Bloomberg» reytingidagi ikkinchi o‘rinni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts (128 mlrd) egallagana bo‘lsa, sayyoramizning eng boy odami maqomi mana uchinchi yildirki «Amazon» korporatsiyasi rahbari Jeff Bezosga tegishli bo‘lib qolmoqda. Uning boyligi 183 mlrd dollarga baholangan.

2003-yilda Mask «Tesla» kompaniyasiga asos solgan. Dastlab u «Tesla Motors» deb nomlangan. Ma’lum vaqtdan so‘ng «Tesla»ga o‘zgartirilgan. Kompaniya boshida faqat elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgandi. Biroq keyinchalik quyosh batareyalari va quvvat saqlovchi boshqa tizimlarni yaratishni yo‘lga qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring