Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng katta va eng badbo‘y hidli gul yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida

Dunyodagi eng katta va eng badbo‘y hidli gul yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida

O‘lik gul sifatida tanilgan Rafflesia o‘simligining 42 turi o‘rmonlarning yo‘q qilinishi tufayli xavf ostida.

Olimlar uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi borligidan ogohlantirib, saqlab qolish uchun chora ko‘rishga da’vat qilishmoqda.

Rafflesia nimasi bilan mashhur? Avvalo u chivinlarni jalb qilish uchun o‘zidan ishlab chiqaradigan aynigan go‘sht hidi bilan mashhur.  Bu o‘simlik Malay yarim orolida, Sumatra, Yava, Kalimantan orollarida, shuningdek, Filippinda o‘sadi. Rafflesia 42 turi mavjud va tadqiqotchilar ularning barchasi tahdid ostida ekanligi haqida ogohlantiradilar.

Tadqiqot muallifi, olim Kris Torogud: «Biz zudlik bilan dunyodagi eng ajoyib gullarni saqlab qolish uchun mintaqalararo yondashuvga muhtojmiz, ularning aksariyati endi yo‘qolish arafasida», dedi intervyusida.

Bu gul hayotining ko‘p qismini qalin barglar orasida yashiringan holda o‘tkazadi. Shu bois uning hali o‘rganilmagan turlari bo‘lishi ham mumkin.   Gul chivinlar orqali changlanadi. Ya’ni chivinlar bu gulni aynigan go‘sht hidini chiqargani uchun izlab topishadi.

 Faqat bitta tur o‘ta xavfli deb topilgan, ammo tadqiqotchilar barcha turlarni qizil kitob ro‘yxatiga kiritishni istashadi.

Olimlar bu gulning yashash joylarini ko‘proq himoya qilish, mavjud turlarni yaxshiroq o‘rganish va ularni ko‘paytirishning yangi usullari ustida izlanmoqdalar. Hozirgi vaqtda botanika bog‘larida ularni ko‘paytirishga bo‘lgan harakatlar kam natija bermoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring