Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng yirik elektron qora bozorlardan biri yo‘q qilindi

Dunyodagi eng yirik elektron qora bozorlardan biri yo‘q qilindi

Foto: «Deutsche Welle»

Germaniya dunyodagi eng yirik «DarkMarket» elektron savdo maydonchasi tugatilganini ma’lum qildi. U yerda giyohvand moddalar, qalbaki pullar, bank kartalari ma’lumotlari, anonim sim-kartalar va zararli dasturiy ta’minotlar sotilgani aytilmoqda. Bu haqda «Deutsche Welle» telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «DarkMarket» rahbari, Avstraliyaning 34 yoshli fuqarosi 9-yanvar kuni Daniya chegarasi yaqinidagi Oldenburg shahrida politsiya tomonidan hibsga olingan. U tergov izolyatoriga olib ketilgan, ammo gumonlanuvchi ko‘rsatma berishdan bosh tortgan.

Germaniya politsiyasi operatsiyani amalga oshirishda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Shveysariya, AQSh, Ukraina va Moldovadagi hamkasblari bilan hamkorlik qildi. Ukraina va Moldova hududlarida «DarkMarket» uchun ishlatilgan 20 dan ortiq serverlar topildi. Politsiya ularda saqlangan axborot boshqa tashkilotchilar, shuningdek, sotuvchilar va xaridorlar to‘g‘risida ma’lumot olishga yordam berishidan umid qilmoqda.

Hibsdan so‘ng huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari savdo maydonchasini yopib, uni serverlardan uzib qo‘yishdi. Politsiya «DarkMarket»dan 500 mingga yaqin xaridor va 2,4 ming sotuvchi foydalanganini aniqladi. Jami 320 ming tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lib, bitimlar kripto-valyutalarda tuzilgan. Savdo maydonchasida sarflangan mablag‘larning umumiy miqdori amaldagi kurs bo‘yicha qariyb 140 million yevroni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring