Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dunyodagi eng yirik bola» 21 yoshida vafot etdi (video+foto)

«Dunyodagi eng yirik bola» 21 yoshida vafot etdi (video+foto)

Foto: «Planetoday.ru»

Kabardin-Balkariyada yashovchi Jambulat Xatoxov 21 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bolaligida u dunyodagi eng yirik bola sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Uning o‘limi haqida 28-dekabr kuni Sumo va masvrestling federatsiyasi prezidenti Betal Gubjev o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. U Xatoxovni respublikaning «birinchi sumoisti» deb atagan.

Xatoxov bir yoshga to‘lganida qariyb 17 kg, ikki yoshida 34 kg, to‘rt yoshida 64 kg tosh bosgan. Birinchi sinfga borganda bolaning og‘irligi 115 kg bo‘lgan. 17 yoshida esa uning vazni 230 kiloga yetgan. Keyinchalik u 176 kilogrammgacha vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Oxirgi paytlarda sumo bilan shug‘ullanardi.

O‘limining sabablari hozircha ma’lum qilinmayapti. «Komsomolskaya pravda» o‘z manbalariga tayanib yozishicha, uning buyraklarida jiddiy muammosi bo‘lgan. So‘nggi yillarda uning o‘zi musobaqalarda ishtirok etmasdan, hududiy turnirlarda hakam vazifasini bajargan.

 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring