Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng uzun suvosti quvurini Afrika mamlakatlari quradi

Dunyodagi eng uzun suvosti quvurini Afrika mamlakatlari quradi

Foto: «YouTube»

Nigeriya va Marokash dunyodagi eng uzun suvosti gaz quvurini quradi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Nigeriya-Marokash quvurining uzunligi 5 660 kilometrni tashkil etadi: uzunligi bo‘yicha jahon suvosti quvurlari orasida birinchi, yerusti quvurlari ham qo‘shilganda ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu loyiha qiymati 25 mlrd AQSh dollariga teng.

Loyiha Nigeria Morocco Gas Pipeline, NMGP loyihasi doirasida amalga oshiriladi, dedi Nigeriya prezidentining OAV bo‘yicha maslahatchisi Tolu Ogenlesi.

Ushbu quvur Nigeriya gazini Marokash va Yevropaga G‘arbiy Afrikaning 11 mamlakati orqali yetkazishga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring