Dunyodagi «eng toza mushuk». Kir yuvish mashinasidagi yarim soatlik dahshat
Avstraliyada olti oylik mushukcha ishlab turgan kir yuvish mashinasida o‘tkazilgan yarim soatlik dahshatdan so‘ng omon qoldi. «ABC News»ning yozishicha, Poppi laqabli mushukcha uy bekasining beparvoligi sabab avtomat kir yuvish mashinasiga tushib qolgan.
Aytilishicha, uy bekasi Kim Barr savat ichida uxlab qolgan mushukni ko‘rmasdan, boshqa kirlarga qo‘shib kir yuvish mashinasiga solib yuborgan. Mushukchaning yo‘qolganini keyinroq bilib qolishdi.
«Butun uyni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqdik, ammo uni topolmadik», — dedi Kim Barr.
Yaxshiyam mushukchani vaqtida topib olishdi — bo‘lmasa avtomat kir yuvish mashinasi naq o‘n daqiqa boshqa kirlarga qo‘shib, uning ham «siqib suvini chiqargan» bo‘lardi...
Mushukning joni qattiq bo‘larkan — tirik qolibdi, faqat boshi va ko‘ziga lat yetgan, tana harorati tushib, o‘pkasida suv to‘plangan ekan ekan. Ammo hech yeri sinmabdi, uch hafta deganda chopqillab ketdi.
Poppi avtomat kir yuvish mashinasidan butun chiqqan birinchi mushuk emas. «BBC» xabariga ko‘ra, 2016-yili Angliyada Bobbi laqabli mushuk 60 daraja issiqlikdagi (!) kir yuvish mashinasida ikki daqiqalik «tozalash»dan so‘ng tirik qolgan ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter