Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qo‘rqinchli inson...

Dunyodagi eng qo‘rqinchli inson...

Meni yaqindan tanigan insonlar ko‘pincha hayot tarzimga hayron qolishadi...

Bir o‘zim ovqatlanaman, biror insonning hamrohligisiz ham qayergadir borishim mumkin. Eng asosiysi, kayfiyatim kimgadir bog‘liq bo‘lmasligiga harakat qilaman.

Kuni kecha radio orqali baxtingizni hech kim bilan bog‘lamang, degan so‘zlarni aytganim uchun 15 yildan beri gaplashmagan sinfdoshim meni noto‘g‘ri gapirayotganimni aytish uchun telefon raqamimni topib, qo‘ng‘iroq qilibdi.  

Atrofdagi odamlar sizning qanday bo‘lishingiz kerakligini aytayotgan paytda, o‘zimning kimligimni ijtimoiy tarmoqdagi satrlar orqali bilib qoldim.

MEN – QO‘RQINChLI INSON ekanman.

Buni isbotini hozir sizga aytib beraman.

Eng qo‘rqinchi insonlar – bu MUSTAQIL insonlardir. Ular o‘zlarida butun olamni aks ettiradigan dunyoni yaratib olganlar. Ular qaysidir davraga ehtiyoj sezmaydilar. Yengil qo‘yib yuborib, osonlik bilan voz kechib keta oladilar. Chunki qalbida koinotni kashf etgan insonlar yo‘qotishlardan cho‘chimaydilar. Bu odamlar sizni deb dard chekishlarini kutib ovora ham bo‘lmay qo‘yaqoling.

Atrofdagilarning yordamiga muhtoj bo‘lmagan insonlar ham baxtli va bir vaqtning o‘zida baxtsiz hamdirlar. Shunday insonlar toifasi mavjud. Ular «Hech kimniki». Ozgina xudbin, o‘zini sevadigan va g‘ururli insonlar bilan munosabat qilish juda qiyin, chunki ular birovlar bilan o‘zlarini chalg‘itmaydilar, ammo kimnidir tanlasalar bu bir umrga bo‘ladi. Ulardan bir vaqtning o‘zida sovuqqonlik va qandaydir tortishishni his etish mumkin.

Hayron qoldim. Nahotki men shunday bo‘lsam. So‘nggi paytlarda o‘zim bilan o‘zim yanada yaqinroq tanishishga harakat qilyapman.

Siz, o‘zingizni qanday inson ekaningizni bilasizmi?

Feruza Umrzoqova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring