Dunyodagi eng keksa erkak uzoq umr ko‘rish sababini aytdi
Ispaniyaning Leon shahrida yashovchi 112 yoshli Saturnino de la Fuente Garsiya dunyodagi eng keksa odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi va uzoq umr ko‘rish sirini ma’lum qildi.
Garsiya 1909-yil 11-fevralda Leonda tug‘ilgan, biroq erkakning o‘zi tug‘ilgan kunini 8 fevralda nishonlashni ma’qul ko‘radi. Ispaniyalik butun umri mobaynida etikdo‘z bo‘lib ishlagan va mahalliy futbol klubining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Ispaniyalikning so‘zlariga ko‘ra, uning uzoq umr ko‘rishining siri shundaki, u tinch hayot kechiradi va hech kimga zarar yetkazmaydi.
1933-yilda u Antonina Barrio Gutierrezga uylandi, ulardan sakkizta farzand - yetti qiz va bir o‘g‘il tug‘ilgan. 1936-yilda bo‘yi 150 santimetr bo‘lganligi sababli, Ispaniya fuqarolar urushida qatnashishdan chetlatilgan.
Hozirda Garsiya qizi va kuyovi bilan yashaydi. Garsiyaning katta oilasi bor - u 14 nevarasi va 22 evarasining bobosi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter