Dunyodagi eng ekstremal shaharlar aniqlandi
«El Pais» jurnalistlari dunyodagi eng ekstremal joylarni tanlashdi. Yetakchi uchlikda Yoqutiston (Rossiya) va uning uch shahri.
Yakutsk va Oymakon reytingda teng. Verxoyansk ulardan bir pog‘ona pastda.
Yakutsk qish va yozgi havo harorati keskin farqlanishi tufayli shu reytingga kirdi. Qish payti bu shaharda havo harorati 40 darajadan ham pasayib ketsa, yozda 30 darajagacha isiydi.
Oymakon — Yerdagi eng sovuq joy, qariyb yuz yil ilgari bu joyda 71,2 daraja sovuq qayd etilgan.
Verxoyanskda ham havo harorati keskin «o‘ynab» turadi: 69,8 daraja sovuqdan 37 daraja issiqqacha.
Peruning La-Rinkonada aholi maskani ham bu ro‘yxatda bor. Dengiz sathidan 5 009 metr balandda joylashgan bu qishloq — eng borish qiyin joy.
Meksikadagi San-Luise-Rio-Kolora esa eng issiq joy — havo harorati 59,5 daraja.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter