Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng boy ayol almashdi

Dunyodagi eng boy ayol almashdi

Foto: «Forbes.mirtesen.ru»

«Amazon» asoschisi, dunyodagi eng boy odam Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott sayyoramizdagi eng boy ayolga aylandi. Bu haqda «Bloomberg Billionaires Index» reytingida ma’lum qilingan.

Makkenzi Skottning mol-mulki 68 milliard dollarga baholandi: bu uning dunyo boylari reytingida 12-o‘rinni egallashini ta’minladi. Makkenzi «L’Oreal» asoschisining nevarasi Fransuaza Bettankur-Mayers (66,8 milliard dollar) va «Walmart» korporatsiyasi merosxo‘ri Elis Uolton (63,6 milliard dollar)ni ortda qoldirdi. Ular dunyo boylari ro‘yxatida 13 va 16-pog‘onalarni zabt etishdi.

Makkenzi Skott iyul oyidayoq sayyoramizning eng boy ayoliga aylangandi, lekin bir kun o‘tar-o‘tmas Fransuaza Bettankur-Mayers yana undan o‘zib ketgan. O‘sha oydayoq Jeff Bezosning sobiq rafiqasi AQShning eng boy ayoliga aylandi.

Ular 2019-yilda ajrashgan. Ajrashuv shartiga ko‘ra, Makkenzi Skott Jeff Bezosga tegishli «Amazon» aksiyalarining chorak qismiga egalik qildi: o‘sha vaqtda 36 milliard dollarga baholangan. Biroq 2020-yili koronavirus pandemiyasi fonida kompaniya qog‘ozlari qariyb ikki baravar qimmatlashdi. Natijada Jeff Bezosning mol-mulki 200 milliard dollarga yetib, tarixiy rekord o‘rnatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring