Dunyodagi birinchi vodorod bombasi mualliflaridan biri vafot etdi

Amerikalik fizik, dunyodagi ilk vodorod bombasi mualliflaridan biri Richard Garvin 97 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi NYT.
Vodorod bombasi yaratilgan paytda u 23 yoshda edi.
AQShning ko‘plab prezidentlariga Garvin maslahatchi bo‘lgan, Pentagon uchun josuslik tizimi yaratilishida qatnashgan.
Richard Garvin yadroviy qurolsizlanish tarafdorlaridan bo‘lgan, intervyularidan birida vodorod bombasi umuman bo‘lmagani yaxshi edi, degan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter