Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi birinchi beton kolonka: unda baland musiqa eshitilganida ham tebranish bo‘lmaydi

Dunyodagi birinchi beton kolonka: unda baland musiqa eshitilganida ham tebranish bo‘lmaydi

Foto: «4PDA.ru»

«Master&Dynamic» kompaniyasi Rossiya bozorida yangi simsiz MA 770 auditizimini taqdim etdi. Britaniyalik arxitektor Devid Ajey tomonidan ishlab chiqilgan qurilma o‘z raqobatchilaridan noodatiy dizayni bilan ajralib turadi. Arxitektor beton kompozitidan ishlangan korpusga ega kolonkani yaratdi, deb xabar berdi «4PDA.ru».

Po‘lat panjarali himoya ostida qo‘lda ishlangan beton, ikkita 4 dyuymli toladan yasalgan vufer va 1,5 dyuymli titandan ishlangan VCh-datchik joylashgan. Betondan foydalanishning o‘ziga xos jihati maksimal balandlikda musiqa eshitilganida ham tebranish (vibratsiya)ning bo‘lmasligi.

Kolonkadan stereoqurilma yoki «Chromecast» servisi yordamida multirum-komleks va hatto mustaqil qurilma sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, ta’kidlash joizki, unga 100 vattli D klassiga mansub ovoz kuchaytirgich o‘rnatilgan.

Rangi kulrang bo‘lgan kolonkaning og‘irligi 16,5 kilogrammga, quvvatlantiradigan kabelining uzunligi 2 metrga teng.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring