«Dunyo bo‘ylab» telekanaliga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Dunyo bo‘ylab» telekanali rahbari o‘zgardi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
Telekanalga ayni paytgacha «Oila va jamiyat» gazetasi bosh muharriri vazifasida ishlab kelayotgan jurnalist Vohid Luqmonov tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Vohid Luqmonov avval «Madaniyat va ma’rifat» telekanali direktori sifatida ham faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter