Dunyo bo‘yicha insonparvarlik yordami va tinchlikparvar kuchlarga qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi
Jahon jamiyati oxirgi 10 yilda insonparvarlik yordami, tinchlikni saqlash va qochqinlarga yordam berish uchun 233 mlrd. dollar sarfladi. Profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llash orqali esa yiliga 70 mlrd dollarni tejash mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, preventiv diplomatiyani kuchaytirish orqali bunday katta xarajatlarning oldini olish mumkin edi.
«Inqirozga qarshi turish o‘rniga uning oldini olishga ko‘proq sarmoya sarf etishimiz kerak», — deydi BMT rahbari.
Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, samarali preventiv choralar xalqaro hamjamiyatga yiliga 5 mlrd. dollardan 70 mlrd. dollargacha tejash imkonini beradi.
BMT rahbari tinchlikni tiklash jamg‘armasi bu vazifalarni bajarish uchun muhim vosita ekanligini aytdi.
U BMTga a’zo davlatlarni fondning ustav kapitalini 500 million dollarga oshirishga chaqirdi. Hozir u 250 million dollarga teng.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter