Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubaydagi mashhur musiqali favvora 5 oyga yopiladi

Dubaydagi mashhur musiqali favvora 5 oyga yopiladi

 

 

Joriy yilning 20-aprel sanasidan boshlab Dubaydagi dunyoning eng katta musiqali favvorasi vaqtinchalik yopiladi.

 

«Burj-Halifa» binosi yonida joylashgan favvorada 19-aprel kuni so‘ngi shou bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng favvorada 5 oylik rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Favvora ish boshqaruvchilari — «Emaar» kompaniyasining avvalgi e’lonida ta’mirlash ishlari besh oy davom etishi aytilgan, ammo ertaroq yopilishi uning uzoqroq muddatga yopilishini anglatadimi yoki yo‘q — noma’lum.

 

Hozirda favvora barcha uchun har kuni 18:00 dan 23:00 gacha har yarim soatda bepul shou namoyish etadi.

Ma’lumot uchun, fontan dunyodagi eng baland musiqiy favvora hisoblanadi. U bir soniyada 140 metr balandlikka 830 000 litrdan ortiq suvni otib, yorqin chiroqlar va musiqa jo‘rligida namoyon bo‘ladi. Unda Maykl Jekson, Andrea Bochelli va boshqa jahonga mashhur ijrochilarning qo‘shiqlari yangraydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring