Dubay politsiyasi italiyalik va rossiyalik sayyohlarga qimmatbaho buyumlarini qaytardi
Italiyalik sayyohga yaqinda Abu Dabiga tashrifi paytida yo‘qotgan mobil telefonini, rossiyalik sayyohga esa qimmatbaho soatini qaytarishdi, deya xabar berdi «Gulf Today».
Jinoyat qidiruv boshqarmasi direktori Omran Ahmad Al-Mazruining so‘zlariga ko‘ra, italiyalik ayol smartfoni yo‘qolganini ma’lum qilgach, yurtiga qaytib ketgan.
Politsiya qidiruvni boshlagach, telefonni juda tez topgan. Mahalliy fuqaro uni taksida topib olgan.
Yaqinda Dubay politsiyasi rossiyalik sayyohga ham qimmatbaho soatini qaytardi. Buni qarangki, sayyoh bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga hatto xabar ham qilmagan.
Jinoyat qidiruv boshqarmasi direktor o‘rinbosari polkovnik Muhammad Akil Ahlining aytishicha, soat yo‘qolganligi haqida hech kim politsiyaga xabar bermagan. Shu bois uni topgach, egasini topishga qiynaldik.
«Soat BAAda xarid qilinmagani ma’lum bo‘ldi», — dedi polkovnik Ahli. Pirovard natijada uning egasi rossiyalik sayyoh ekanligi aniqlandi.
BAA politsiyasi qo‘ng‘iroq qilganida rossiyalik ayol hayron qolgan. Chunki u soatini hatto qayerda — Dubaydami yoki Moskvada yo‘qotib qo‘yganini ham bilmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter