Dua Lipa muxlislariga muhim yangilikni aytdi
Britaniyalik alban millatiga mansub 27 yoshli taniqli pop-xonanda Dua Lipa Albaniyaning to‘laqonli fuqarosiga aylandi. O‘zi uchun muhim yangilikni qo‘shiqchi shaxsiy blogi orqali muxlislariga ma’lum qildi.
Dua Lipa Albaniya prezidenti Bayram Begay hamda poytaxt Tirana meri Erion Veliayga minnatdorlik bildirdi.
Tirana hokimi ma’lum qilishicha, Dua Lipa Albaniya mustaqilligining 110 yilligiga bag‘ishlangan konsertda kuylaydi.
Ma’lumot uchun: Dua Lipa Buyuk Britaniyada tug‘ilgan, ota-onasi — kosovolik albanlar. Oila Kosovo poytaxti Prishtinaga Serbiyadan mustaqillik e’lon qilingan yilda qaytgan. Dua Lipa 15 yoshida musiqiy faoliyatini davom ettirish uchun Londonga qaytib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter