DSQ raisining «Facebook»da sahifasi yo‘q, uning nomidagi akkaunt – feyk

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati «Facebook» rahbariyatiga murojaat qildi va yolg‘on xabarlarni tarqatayotgan akkauntlar egalarini aniqlashni so‘radi.
Xabarda aytilishicha, VVS tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan videolavha ostida qoldirilgan izoh Davlat soliq qo‘mitasi raisi Bexzod Musayevga tegishli emas. Rasman ma’lum qilinishicha, Bexzod Musayev «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida sahifaga ega emas va uning nomidan feyk akkaunt orqali fikr bildirilgan.
Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati yolg‘on xabar tarqatayotganlarni aniqlash va javobgarlikka tortish borasida maxsus idoralarga ham murojaat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter