Dron yordamida «Makarov» to‘pponchasi chegaradan o‘tkazildi. Uni sotib olganlar ushlandi (video)
Toshkent shahrida yashovchi ikki fuqaro Toshkent tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qozoq davlat chegarasi yaqinida dron yordamida Qozog‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan yuborilgan o‘qotar qurollarni sotib olgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» reportajida xabar berildi.
Ular ushbu qurolni Qozog‘iziston fuqarosidan 4 ming AQSh dollariga sotib olgan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qurol o‘q otish uchun yaroqli holatdagi «Makarov» to‘pponchasi ekanligi va o‘qdonida 6 dona o‘q bo‘lgan.
Ushlanganlarning biri avval ham sudlangan. 2012-yilda 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish), 2019-yilda 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan aybli deb topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter