Dostonbek Hamdamov premer-ligada o‘ynaydigan bo‘ldi
Maxanqal’aning «Anji» klubi kelgusi mavsumda ham Rossiya premer-ligasida ishtirok etadi. Ushbu qaror bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Aslida mamlakatning bosh chempionatida «Amkar» klubi ishtirok etishi lozim edi. Biroq permliklar moliyaviy kafolat taqdim eta olmagani tufayli premer-ligada ishtirok etish huquqini qo‘ldan chiqardi.
Uning o‘rniga 14-o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgan «Anji» egalladi. Bilasiz, ushbu klub safida o‘zbekistonlik Dostonbek Hamdamov to‘p suradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter