Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dorixona rahbari 22 million so‘mlik «Tropikamid» sotayotgan vaqtida ushlandi

Dorixona rahbari 22 million so‘mlik «Tropikamid» sotayotgan vaqtida ushlandi

Bugun xalqimiz og‘ir sinovli kunlarni boshdan o‘tkazayotgan vaqtda afsuski o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida noqonuniy harakatlarini davom ettirayotgan shaxslar ham uchrab turibdi. Shunday davrda ularning bu harakatlarini hech qanday vajlar bilan oqlab bo‘lmaydi.

Jumladan, Toshkent viloyati IIBB hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, xususiy dorixona boshlig‘i 22 million 500 ming so‘mlik savdosi cheklangan «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.

Kecha, 28 aprel kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida, asli samarqandlik bo‘lgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi, xususiy dorixona rahbari va shu bilan birga Zangiota tuman Tibbiyot kollejining 3 kurs talabasi 32 yoshli Ozod T. maxsus xaridorga har bir donasini 150 ming so‘mdan jami 22 million 500 ming so‘m pul evaziga 150 quti «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan, IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring