Donald Tramp muhim bayonot bilan chiqishini e’lon qildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp «muhim bayonot» bermoqchi.
U ushbu tadbirni 15-noyabr kuni Mar-a-Lagodagi (Florida) qarorgohida belgilagan. Bu haqda siyosatchi Ogayodagi tarafdorlariga ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
AQShda oraliq saylovlar 8-noyabrga belgilangan. Respublikachilar partiyasi AQSh Kongressining ikkala palatasida ham ko‘pchilikni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Tramp bu holatni «mamlakatni qutqarish» deb atadi.
Avvalroq, Tramp 2024-yilgi saylovlarda qatnashishini istisno qilmasligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter