Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dominikan vaziri o‘z kabinetida otib o‘ldirildi

Dominikan vaziri o‘z kabinetida otib o‘ldirildi

Orlando Xorxe Mera.

Foto: «24 News Recorder»

Dominikan Respublikasining ekologiya va tabiat resurslari vaziri Orlando Xorxe Mera o‘z kabinetida otib o‘ldirildi. Uning qabuliga kelgan bolalikdagi do‘sti olti marta o‘q uzgan.

Politsiyachilar Orlando Xorxe Mera o‘ldirilgan hukumat binosi tomon yugurishmoqda.
Foto: BBC

Xorxe Mera 55 yoshda edi.

Mamlakat prezidenti administratsiyasi vakili bayonotiga ko‘ra, qotil Migel Kruz qo‘lga olingan.

Qotillik sababi o‘rganilmoqda. Marhum vazirning oilasi qotil chindan ham Xorxe Mera bilan bolalikdan do‘st bo‘lganini tasdiqladi.

Xorxe Mera hozirgi prezident Luis Abinader hukumatida u faoliyatga kirishgan 2020 yilning iyulidan beri ishlab kelayotgandi. Orlando Xorxe Mera Salvador sobiq prezidenti Xorxe-Blankoning o‘g‘li hamda Dominikandagi yetakchi Zamonaviy inqilob partiyasining asoschilaridan biri edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring