Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarino laqabli mafiya rahbari qo‘lga olindi

Dollarino laqabli mafiya rahbari qo‘lga olindi

Foto: La Milano

Italiya mafiyasining Dollarino laqabi ostida tanilgan rahbari Emanuele Gregorini Kolumbiyada qo‘lga olindi, deb xabar berdi NTK. Dollarino ikki yildan buyon qidiruvda edi.

Uni mamlakat shimolidagi Kartaxenada ushlashdi. Kolumbiya politsiyasi «Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi» deya ta’riflagan Dollarino Janubiy Amerikadan Yevropaga narkotiklar yetkazishda asosiy shaxslardan biri sifatida gumon qilinmoqda. Mafiya rahbarini qo‘lga olish amaliyotida bir nechta mamlakat politsiyasi hamkorlik qildi.

Dollarino Kartaxenada politsiyadan yashirinishga urinmay, emin-erkin yurgani uchun qo‘lga tushdi: do‘konlar, restoranlar va sport zallariga borganida kameralarga tushib qolgan.

U 2020-yilda italyan mafiyasi pullarini yuvishga aloqadorlikda ayblanib Rimda ham hibsga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring