Dollarfurushlarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda — departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Q.» MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.X. fuqaro Z.A.ga jami 4 000 AQSh dollarini 45,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter