Dollar kursi yana ko‘tarildi
Markaziy bank 12-yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra AQSh dollarining rasmiy kursi + 23,76 so‘mga oshib, 10 473,20 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham oshdi (+34,26), 12 796,16 so‘m bo‘ldi.
Bir Rossiya rubli +0,84 so‘mga ko‘tarildi va 141,29 so‘mga tenglashdi.
Eslatib o‘tamiz, dollar kursi o‘tgan haftada bir necha oy deganda ilk bor pasaygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter